Arilaminlar azot atomi bilan bogʻlangan radikallarning soniga qarab birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi boʻladi. Arilaminlar sof aromatik va alkilaromatik aminlarga boʻlinadi. Sof aromatik aminlarda azot atomi faqat aromatik radikal bilan, alkilaromatik aminlarda esa aromatik va alifatik radikallar bilan bogʻlangan.

Aromatik aminlar trivial va sistematik nomenklaturalarga binoan nomlanadi. Sistematik nomenklaturada amino old qoʻshimchasi va aren nomidan yoki radikal nomiga amin (diamin) soʻzini qoʻshish bilan hosil qilinadi.C7H9N tarkibli arilamin 5ta izomer (benzilamin, N-metilanilin, o-, m- va p-toluidinlar) holida uchraydi. Arilaminlar oʻziga xos hidli, rangsiz suyuqlik yoki qattiq moddalar boʻlib, suvda yomon eriydi. Arilaminlarda azot atomining erkin elektron jufti elektronga moyil benzol halqasi bilan p, p – tutashish hosil qiladi. Bunday tutashish tufayli erkin elektron jufti delokallashadi va kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda uning protonni biriktirib olish qobiliyati pasayadi. Shuning uchun anilin metilaminga nisbatan qariyb million marta kuchsiz asos boʻlib, uning suvdagi eritmalari kuchsiz (karbonat, sianid, sulfid) kislotalar bilan tuzlar hosil qilmaydi, lakmus va fenolftalein rangini oʻzgartirmaydi. Arilaminlar maʼdan va karbon kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Aromatik aminlar galogenalkanlar va spirtlar taʼsirida alkillash, angidridlar va galogenangidridlar bilan esa atsillash reaksiyalariga kirishadi.

Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aromatik aminlar nitrit kislota bilan reaksiyaga turlicha kirishadi.

Birlamchi arilaminlar nitrit kislota bilan diazotirlash reaksiyasiga kirishib, arendiazoniy tuzlarini hosil qiladi. Ikkilamchi alkilaromatik aminlar nitrit kislota bilan N-nitrozoaminlarni hosil qiladi. Uchlamchi dialkilaromatik aminlar nitrit kislota taʼsirida p-nitrozobirikmalarni hosil qiladi.

Arilaminlarni galogenlash nihoyatda tez boradi. Anilinga hatto bro[1]mli yoki xlorli suv taʼsir ettirganda ham galogen atomlari halqaning barcha orto- va para- holatlarini egallaydi.

  1. R.A.Shaymardonov, B.B.Umarov, M.Y.Ergashov, S.F.Abduraxmonov "Organik kimyo".