Ariq qazigich
Ariq qazigich, zovur qazigich — muvaqqat ariq, oʻq ariq va zovur qazishga moʻljallangan mashina. Shatakka olinadigan (KM-1400 M), tirkama (MK-13) va oʻrnatma (D-716, KFM-1200 A) xillari bor; 20 sm dan 1,2 m gacha chuqurlikda, tubining enini 25 sm dan 1 m gacha qilib ariq qaziydigan turlarga boʻlinadi. Ariq qazigich yurish 2 va tortish 5 ramalari, tayanch gʻildirak 12, chimqirqar pichoq 13, ikki agʻdargichli korpus, chigʻir va tortish ramasini koʻtarish-tushirish troslari tizimidan iborat. Ariq qazigich harakatlanganda pichoq 13 chimni ariq oʻqi boʻylab kesadi, lemex esa gruntni kerakli chuqurlikda kesib, ariq tubini tekislaydi, agʻdargichlar tuproqni ikki tomonga chiqarib tashlaydi. Berma (supacha) tozalagichlar va qanotchalar gruntni surib, berma hosil qiladi. Korpus chigʻir bilan koʻtarib-tushiriladi. Ariq qazigichlar traktorlar yordamida ishlatiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |