Arixoʻrlar
Arixoʻrlar (Pernis) — Yirtqich qushlar turkumining qarchigʻaysimonlar oilasiga mansub urugʻning nomi. Ularning ikki turi boʻlib, Yevropa va Osiyoda tarqalgan. Arixoʻrlar qishlash uchun Afrika va Osiyoning janubga uchib ketadi. Oʻzbekistonda bitta turi har zamonda (bahor yoki kuzda) uchrab qoladi. Arixoʻrlar baland daraxtli oʻrmonlarda yashaydi. Uyasini daraxtlarga quradi. Baʼzan ikkita tuxum qoʻyadi va tuxumini urgʻochisi bosadi. Joʻjalarini boqishda erkagi ham yordamlashadi. Bu kush ari, qovoqari, asalari kabi hasharotlar bilan oziqlanadi. Ana shu hasharotlar tarqalgan joylarda uchraydi[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |