Arkadiy Ribakov
Arkadiy Andreyevich Ribakov (1897.23.2, Belorussiya, Polotsk uyezdi — 1991.20.6, Toshkent) — mevashunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1958), q.h. fanlari doktori (1950), professor (1951). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tugatgan (1923). Belorussiyada (1923—31) ishlagan. 1931—45 yillarda Oʻzbekiston bogʻdorchilik szlari tresti ("Uzsadsovxoztrest") planlashtirish bulimi boshligʻi va bosh agronom, 1945— 51 yillarda Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida boʻlim mudiri va ilmiy ishlar boʻyicha direktor muovini. 1951—82 yillarda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutining mevachilik va uzumchilik kafedrasi mudiri boʻlgan. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda bogʻdorchilik va tokchilik, ularni rivojlantirishning amaliy va nazariy masalalariga bagʻishlangan.
Manbalar
tahrir- Promishlennoye plodovodstvo UzSSR, T., 1954; Biologicheskiye osnovi kulturi plodovoyagodnix rasteniy, T., 1956; Oʻzbekiston mevachiligi (Darslik), T., 1967 (hamkorlikda).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |