Arkozlar (arkozli qumtoshlar) — asosan, kvars va uzgarmagan kaliyli dala shpatlari hamda qisman plagioklazlardan tarkib topgan chaqiq yotqiziklar. A.ning sementa: slyudaning mayda zarra-chalari hamda gil minerallari (kaolinit, gidroslyuda va boshqalar), ohak va temir gidrok-sidlaridan iborat. A. granit va gneyslarning yemirilishidan hosil boʻladi. Zarrachalarining diametri 0,1 — 2 mm boʻlgan boʻsh arkozdan tuzilgan jinslar arkoz qumlar deb ataladi. A r -koz quml arning sementlanishidan hosil boʻlgan jinslar — arkoz qumtoshlar deyiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil