Arktika boʻrisi (Canis lupus arctos) - Boʻrilarning Canis lupus[1] kenja tur populyatsiyaslaridan biri boʻlib, Kanadaning Queen Elizabeth Islandsning Yuqori Arktika tundrasi, Melville Islandsdan tortib Ellesmere Islandgacha boʻlgan hududlarda yashaydi.[2][3] Boshqa oʻrmon va tundraning oʻrtasida yashaydigan jonzodlardan farqli oʻlaroq, arktika boʻrisi butun hayotini arktikaning daraxtlar oʻsmaydigan shimol qismida oʻtkazadi. Shuningdek u qutb boʻrisi yoki oq boʻri nomlari bilan ham ataladi.

Arktika boʻrisi
Muhofaza maqomi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Oila: Itsimonlar
Urugʻ: Boʻri
Binar nomi
Canis lupus arctos
Shimoliy Amerikada tarixiy va hozirgi kulrang boʻrilarining tarqalishi
Shimoliy Amerikada tarixiy va hozirgi kulrang boʻrilarining tarqalishi

Tashqi koʻrinishi

tahrir

U oʻrtacha kattalikda kenja tur boʻlib, Shimoliy gʻarb boʻrisiga oʻxshab ketadi, ammo oʻzining kichik jussasi, oq moʻynasi, torroq bosh chanogʻi[4] va kattaroq qoziq tishlari bilan farqlanib turadi. Ammo 1930-yillardan beri ularning bosh chanogʻining oʻlchami kichirayib bormoqda.

Yashash tarzi

tahrir

Keskin ob-havo tufayli arktika boʻrilarining harakatlanishi boʻyicha juda ham kam maʻlumoq mavjud. Arktika boʻrilari faqatgina butun kun 24 soat qorongʻu boʻlgan qish paytlari migratsiya qiladi. Bu esa arktika boʻrilari harakatlanishini tadqiq etishni qiyinlashtirib yuboradi. Yuqori Arktikadan 1,250 km janubda harorat −53 °C boʻlganda ularning harakatlanishiga oid tadqiqot oʻtkazilgan. Tadqiqotchilar shuni aniqlashdiki boʻrilar koʻpincha qoʻyxoʻkiz bilan oziqlanishadi.

Yavvoyi tabiatda, arktika boʻrilari asosan qoʻyxoʻkizlar va yovvoyi quyonlar bilan oziqlanadi.

Muhofaza qilish

tahrir

Arktika boʻrisi yoʻqolib ketish arafasidagi tur boʻlmasada, u baʻzi xavflarga duch kelmoqda. 1997-yilda arktika boʻrilari, ularning oʻljalari qoʻyxoʻkiz va yovvoyi quvonlarning sonida kamayish kuzatilgan. Bu oʻtgan toʻrt yilda kuzatilgan noqulay ob-havo oqibatidir. Arktika boʻrilarining soni keyingi yil kelgan qulay ob-havo tufayli yana tiklandi.[5]

Manbalar

tahrir
  1. Wozencraft, W. C. (2005) "Order Carnivora". In Wilson, D. E.; Reeder, D. M. Mammal Species of the World: A Taxonomic and Geographic Reference (3-nashr). Johns Hopkins University Press. 575–577 bet. ISBN978-0-8018-8221-0 url=https://books.google.com/books?id=JgAMbNSt8ikC&pg=PA576
  2. Mech, L. David. The Wolf: The Ecology and Behaviour of an Endangered Species. University of Minnesota Press, 1981 — 352-bet. ISBN 0-8166-1026-6. 
  3. "Ecoregions 2017 ©". ecoregions.appspot.com.
  4. Goldman, E. A. „Classification of wolves“, . In The Wolves of North America Part 2. New York: Dover Publs., 1964 — 430-bet. 
  5. Mech, David. L (2005). "Decline and Recovery of a High Arctic Wolf-Prey System". Arctic. 58 (3): 305–307. doi:10.14430/arctic432