Arktika zoogeografiya oblasti
Arktika zoogeografiya oblasti — Dunyo okeani zoogeografiya oblasti. Shimoliy kugb doirasidajoylashgan. Shimoliy muz okeanining Barens dengizi janubiygʻarbiy qismidan tashqari hamma dengizlarini, jumladan Oq dengiz va Gudzon koʻrfazini oʻz ichiga oladi. Chegarasi Shimoliy Amerikaning sharqiy sohillari boʻylab Nyufaundlendning janubi-gacha davom etadi. Dengizlarining uncha chuqur boʻlmasligi va ularga juda koʻp daryolarning quyilishi sababli suvida tuzlar miqdori dunyo okeaniga nisbatan kam. Suvi sovuq boʻlganligi, kishda doim muz bilan qoplanganligi uchun hayvonot dunyosi xilma-xil emas, iliq dengizlarda keng tarqalgan koʻpchilik hayvonlar bu yerda uchramaydi yoki kam uchraydi. Suvning chuqurligi boʻylab harorat deyarli bir xil boʻlganligi uchun hayvonot dunyosi ham har xil chuqurlikda kam oʻzgaradi. Leknn qutb yozida suvning kecha va kunduz davomida yoritilib turishi tufayli Arktika suvlarida yezda fito va zooplanktonning ayrim turlari juda tez koʻpayib, katta bio massa hosil qilishi natijasida dengiz hayvonlarining koʻpayishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Bu jihatdan Barens dengizi diqqatga sazovordir[1]. Shimoliy Atlantikadan bu yerga yezda treska, piksha, olaboʻgʻa, seld, sayra kabi baliqlar koʻplab keladi, ular tral yordamida ovlanadi. Arktika zoogeografiya oblastining hayvonot dunyosi 3000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi, shundan 17 turi sut emizuvchilar, 150 turi baliklardan iborat. Sut emizuvchilardan oq ayiq, qutb, yaʼni Grenlandiya kiti, beluxa va narval delfinlari, morj, kokildor tyulen; qushlardan kayra, qutb krachkasi, chistik va baliqchi qushlarning ayrim turlari; baliklardan semga, yalangbaliq, sharq treskasi, sayka va boshqalar Arktika zoogeografiya oblasti uchun xos boʻlgan hayvonlar hisoblanadi. Gagarka, kugb oq baliqchisi, sayka, sharq treskasi, ayrim losossimonlar (omul, chir, shopur) endemik turlardir. Arktika zoogeografiya oblasti hayvonot dunyosiga odam faoliyati nisbatan kam taʼsir koʻrsatgan. Arktika zoogeografiya oblastiga xos koʻpchilik hayvonlar soni kam boʻlgani uchun ularni qoʻriklash maqsadida bir kancha tadbirlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi Arktika havzasidan foydalanadigan barcha davlatlar oʻrtasida oq ayiq va Grenlandiya kitini muhofaza qilish toʻgʻrisida bitim tuzilgan. Morj, kokildor tyulen, oq baliqchi va baliqlarning bir qancha turlari ham muhofaza qilinadi[2].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Maʼlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |