Armatura poʻlati — temir-be-ton konstruksiyalar armaturalarini tay-yorlashda ishlatiladigan material. Ar-maturaning mustahkamlik tafsilotlari poʻlatning kimyoviy tarkibiga (uglerod va legirlovchi qoʻshilmalar miqdoriga), ularga ishlov berish tarziga (choʻzish, tortish, termik ishlov berish va boshqalarga) bogʻliq boʻladi. Oldindan kuchaytirilgan temir-beton konstruksiyalar uchun oʻrtacha yoki koʻp uglerodli poʻlat ishlatiladi; bunday poʻlat qizdirib prokat langan boʻladi yoki termik ishlab pux-talanadi. Kuchaytirilmagan temir-beton konstruk-siyalar uchun kam uglerodli pulat ishla-tiladi. Armatura poʻlati esa oldindan kuchaytirilgan konstruksiyalar uchun ishlatiladi. Armatura poʻlati yaxshi payvandlanadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil