Armko-temir (ARMKO) — Amerika firmasining qisqartirilgan nomi — texnika nuqtai nazaridan toza (taxminan 99,85 foiz Gʻe dan iborat) temir. Armko-temir korroziyabardosh, nihoyatda choʻziluvchan, elektr oʻtkazuvchanligi yumshoq poʻlatnikiga qaraganda qariyb ikki baravar katta; magnitga toʻyinuvchanligi juda yuqori (21600 gs gacha) boʻlganligidan elektr mashinasozligida keng ishlatiladi; undan laboratoriya idishlari, tunuka, quvur, sim va boshqa buyumlar tayyorlashda, murakkab detallar yasashda foydalaniladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil