Armon (film)
„Armon“ (ruscha: Уходя, остаются) — taniqli oʻzbek rejissori Melis Abzalov 1986-yil yaratgan drama film.[1][2][3] Filmda Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻzbek ayollari, qariyalari va yoshlari qilgan mashaqqatli mehnat tasvirlangan.
Armon | |
---|---|
„Armon“ filmidan skrinshot. Yodgor Saʼdiyev (oʻngda) Boʻri rolida | |
Rejissyor(lar) | Melis Abzalov |
Ssenariynavis(lar) |
Rihsivoy Muhammadjonov Vladimir Sokolov |
Rollarda |
Oybarchin Bakirova Dilorom Egamberdiyeva Baxtiyor Zokirov Obid Yunusov Yodgor Saʼdiyev Ra’no Zokirova Diyas Rahmatov |
Bastakor(lar) | Rumil Vildanov |
Distribyutor | Oʻzbekfilm |
Davomiyligi | 87 minut |
Mamlakatlar | Oʻzbek SSR, SSSR |
Til | oʻzbekcha |
Syujeti
tahrir1920-yillarda Boʻri yosh bolaligida otasidan ayriladi. (Otasining ham ismi Boʻri boʻladi. Otasi rolini Yodgor Saʼdiyev oʻynagan.) Ulgʻaygach u shaharga borib oʻqiydi va elektr ishchisi boʻlib yetishadi. Soʻngra tugʻilgan qishlogʻiga qaytadi. Qishloqdagi barcha qizlarga manzur boʻlishiga qaramay, Boʻri allaqachon boshqa yigitga unashtirilgan Xumorni sevib qoladi. Fashistlar Olmoniyasi bilan Sovet Ittifoqi oʻrtasida urush boshlangach Boʻri hamqishloqlari bilan urushga otlanadi. U urushdan qaytib kelmaydi.
Rollarda
tahrir- Boʻri (otasi) — Yodgor Saʼdiyev
- Boʻri (oʻgʻli) — Baxtiyor Zokirov
- Boyxotin — Oybarchin Bakirova
- Rais — Obid Yunusov
- Xumor — Dilorom Egamberdiyeva
- Qoʻzivoy — Diyas Rahmatov
- Oʻlmasoy — Raʼno Zokirova
Manbalar
tahrir- ↑ „Ukhodya, ostayutsya“ (ruscha). Kinopoisk. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
- ↑ „Ukhodya, ostayutsya“ (ruscha). Afisha. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
- ↑ „Ukhodya, ostayutsya“ (ruscha). KM. Qaraldi: 14-mart 2012-yil.
Havolalar
tahrir