Arnasoy koʻllari — Mirzachoʻl bilan Sharqiy Qizilqum tutashgan joydagi koʻllar. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan tektonik botiqda. Koʻllar tu-bining mutlaq balandligi 250 m chamasida. Koʻllar vujudga kelgunga qadar uning oʻrni geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi eol qum relefidan iborat boʻlgan. Pastqamliklarni esa shoʻrxok va mayda koʻllar egallagan. 1969-yilda Chordara suv omboridan katta hajmda ortiqcha suvning chiqarib tashlanishi natijasida pastqamliklar suv bilan toʻlib bir necha koʻl vujudga keldi. Koʻllar oʻzaro tor oʻzanlar orqali tutashgan. Umumiy uz. 32 km, eng keng joyi 12 km, oʻrtacha chuqurligi 1-3 m. Arnasoy koʻllariga Markaziy Mirzachoʻl tashlamasi orqali shoʻr zovur suvlari ham kelib quyiladi (hajmi 1,6-1,8 km³), shoʻrligi 1 litrda 4-5 g. Qishda Chordara suv omboridan maʼlum miqdorda suv oqiziladi, shuning uchun koʻl suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻllaridan ortiqcha suv tor yoʻlak orqali Aydar kuliga oqib oʻtadi. Koʻllar qamishzorlar bilan band. Arnasoy koʻllarida suvda suzuvchi qushlar, tovon baliq, zogʻora baliq, laqqa baliq, sudak, leshch va boshqa baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida baliq ovlanadi.

Arnasoy koʻllari
40°54′0″N 66°0′0″E / 40.90000°N 66.00000°E / 40.90000; 66.00000
MamlakatOʻzbekiston Oʻzbekiston
Yuzasi4 000 km²
Arnasoy koʻllari tizmasidagi tuzkoʻl

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil