Aroba turo
Aroba turo — turkiy xalqlarda harbiy istehkom turi. Arobaning „arava“ maʼnosidan tashqari qoʻshinlarni himoya qilish uchun oʻrda atrofiga qaziladigan „xandaq“ maʼnosi ham boʻlgan. Turo — „odam boʻyidek qalqrn“, yassi xoda va uzun temirlar jang kunlari bir-biri bilan zanjir, ilgaklar yordamida birlashtirilib qoʻshinlar uchun istehkom (qal’a) vazifasini oʻtagan. Qoʻshinlar uning ortidan turib jang qilganlar. Qadimda turkiy xalqlar jang kunlari katta gʻildirakli, usti yopiq aravalar (soyabon arava)ni zanjir, ilgaklar bilan birlashtirishgan, ularni ortida joylashgan jangchilar kamon, oʻt ochar qurollar bilan dushman hujumidan oʻzlarini mudofaa etganlar. Aroba turo mudofaa yoxud hujum paytida qoʻshin bilan birga yoki atrofida boʻlgan. Aroba turo qadimda va oʻrta asrlarda Sharqning oʻziga xos dotlari vazifasini oʻtagan. Bunday usulda jang qilish qadimdan (hunnular davridan) maʼlum boʻlib, gunnlar orqali 4-5-asrlarda Yevropaga tarqalgan va u yerda vagenburg (nemischa vagen-arava va burg — mudofaa), keyinchalik tabor mudofaasi atamasini olgan. Artilleriyaning vujudga kelishi bilan Aroba turo oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |