Arpapoya koʻchasi (Toshkent)
Arpapoya koʻchasi — Chilonzor tumani hududida. Beshyogʻoch maydonidan kiriladi. Avval uzun koʻcha boʻlgan, ayni paytda uning uzunligi 500 metr atrofida[1].
Umumiy maʻlumotlar | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Chilonzor |
Uzunligi | 500 m |
Koʻchada joylashgan binolar |
Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatri Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi 5-chi sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi |
Koʻcha nomi 1893-yil qoʻyilgan. Koʻcha yoʻnalishida Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatri, Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi va 5-chi sonli shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasi mavjud. Koʻcha yonidan Anhor kanali oqib utadi. Yaqinida „Beshyogʻoch“ bozori, Beshyogʻoch maydoni, avtoboshbekat, Oʻzbekiston milliy bogʻi (hozirgi Magic sity), dorixona va savdo majmualari bor.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.