Arqon koʻpburchagi
(Arqon ko‘pburchagidan yoʻnaltirildi)
Arqon koʻpburchagi – kuchlar tizimining tayanch reaksiyalari va teng taʼsir etuvchi kuchlarini topish, eguvchi momentlar epyuraparini yasash, arkasimon va osma tizimlarning eng maqbul qiyofalari (shakllari)ni aniqlash hamda yasen jismlar statistikasiga doir boshqa masalalarni yechishning grafik usulida foydalaniladigan koʻpburchak. Ikki uchi tangʻib bogʻlangach ip (arqon)ning bir necha nuqtasiga qoʻyilgan kuchlar bilan tarang tortilishi natijasida hosil boʻlgan koʻpburchak Arqon koʻpburchagi dir. Arqon koʻpburchagi kuch koʻpburchagi (rasmga qarang) bilan birga yassi kesimlarning geometrik harakteristikalarini aniqlashda, muhandislik gidravlikasi, iqtisodiyotning baʼzi masalalarini yechish va boshqalarda ham qoʻllanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |