Arsamux I
Arsamux I (milodiy 2-asr oxiri — 3-asr boshlari) — qadimgi siyovushiylar sulola-sidan boʻlgan xorazmshoh. A. I va uning nomidan xotini zarb etgan tangalar xo-razmiy yozuvi bitilgan eng dastlabki tangalar hamda xorazmiy yozuvining eng qadimgi yodgorligidir. Bu tangalarda A. I choʻqqi qalpoq kiygan sersoqol podshoh koʻrinishida tas-virlangan. Tanga tagida 645xorazmiy harflarda — „podshoh Ars [a]mux“ soʻzi bitilgan hamda S shaklidagi tamgʻa, „Xorazm chavandozi“ning surati berilgan. Ad.: Tolstov S. P., Po sledam drev-ne-xorezmiyskoy sivilizatsii, M.-L., 1948.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |