Arsenidlar
Arsenidlar — metallarning margimush bilan hosil qilgan birikmalari. Arsenidlar yuqori temperaturada eriydigan qattiq va ogʻir moddalardir. Ishqoriy metallarning Arsenidlari suvda parchalanib, arsin va ishqor hosil qiladi. Boshqa metallar Arsenidlari faqat kislotalarda eriydi. Ayrim Arsenid yarim oʻtkazgich xususiyatiga ega. Davriy sistemaning III guruhi metallari Arseidining baʼzilari kristallanganida yiltiroq pyx tosh tuzilishiga ega boʻlganligi sababli ulardan lazer kristallari (GaAs, InAs, GaxIn1)cAs), tok kuchini toʻgʻrilagichlar, diodlar va triodlar (GaAs) tayyorlanadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |