Arseniy Perevalov - mitropolit.

Arseniy Perevalov
Tavalludi 15-fevral 1979-yil
Taʼlimi Sankt-Peterburg ruhoniy akademiyasi

Tarjimai holi

tahrir

Mitropolit Arseniy 1979-yil 15-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Olmaliq shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1990-yilda Olmaliq shahridagi Xudo onasining tavba qilish ibodatxonasida choʻqintirilgan.

Arseniy 1986–1996-yillarda Olmaliq shahridagi 11-oʻrta maktabda tahsil olgan.

Arseniy 1998-yilda Buyuk Novgorodga koʻchib oʻtgan, u yerdan Novgorod va Starorus arxiyepiskopi Lev (Tserpitskiy) ning sharofati bilan Sankt-Peterburg diniy seminariyasiga oʻqishga yuborilgan. Uni 2001-yilda tugatgan va Sankt-Peterburg ruhoniy akademiyasida oʻqishni davom ettirgan. 2005-yilda akademiyani tugatgandan soʻng Novgorod yeparxiyasiga yuborilgan.

1996–1998-yillarda Toshkentning arxivlararo maʼnaviy bilim yurtida tahsil olgan.

Denis Yuryevich 2005-yil 20-iyun kuni Buyuk Novgorod Yuryev monastiri Georgiy soborida arxiyepiskop Lev tomonidan diakon darajasiga tayinlangan.

Mitropolit Arseniy 2005-yil 1-sentyabrda Novgorod maʼnaviy bilim yurtida „Obsheserkovnaya istoriya“ va „Patrologiya“ fanlari oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.

2006-yil 23-noyabrda Novgorod diniy bilim yurti inspektor lavozimida faoliyat olib borgan va 2008-yil 1-iyun kuni Yuryev monastirida nozir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Yepiskop Yuryevskiy

tahrir

Denis Yuryevich 2016-yil 16-aprelda Roc Muqaddas Sinodi qarori bilan Novgorod yeparxiyasiga Yuryev yepiskopi vikariysi etib tayinlangan[1][2].

2016-yil 23-aprel kuni Moskvadagi Najotkor Masih ibodatxonasi zalida Moskva va butun rus patriarxi Kirill arximandrit Arseniy (Perevalov) ni Novgorod yeparxiyasi vikariysi Yuryev yepiskopligiga tayinladi[3].

Novgorodda xizmat qilgan davrida uni mehribon, yumshoq, bilimli va aqlli odam sifatida eslab qolishgan[4].

Pskovskiy mitropoliti

tahrir

Arseniy Perevalov 2023-yil 18-oktyabrda Moskvadagi Najotkor Masihning sobori cherkovida Patriarx Kirill tomonidan mitropolit darajasiga koʻtarilgan[5][6].

Manbalar

tahrir