Arshakiylar (Arshakuni arman arshakiylari — Parfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh boʻlgan shohlar sulolasi. Tiridat I (62 yildan, rasman 66 — 80) tomonidan asos solingan. Hisrav I (217 — 238) davrida Arshakiylar hokimiyati merosiy tuye olgan. Tiridat III Buyuk (287 — 332) davrida xristianlik Armanistonning rasmiy davlat diniga aylangan (taxminan 301). Arshakiylar ichki tarqoqlikka qarshi hamda Armanistonning mustaqilligi uchun muvaffaqiyatsiz kurash olib borganlar. Eron va Vizantiya oʻrtasida Buyuk Armaniston taqsimlangach (387), Arshakiylar ularning vassaliga aylanganlar. 428 yil Arshakiylar sulolasi barham topgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil