Arslonbob — Fargʻona tizmasi bilan Boyboshota tizmasining qoʻshilgan joyida 1400 m balandlikda joylashgan kurort joy. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyatining Bozorqoʻrgʻon tumani hududida. Bu yerdan Fargʻona tizmasining qorli choʻqqilaridan boshlanadigan Ars-lonbob soyi oqib oʻtadi. Aholisi aso-san oʻzbeklar, qirgʻizlar. Iqlimi iliq, yozi salqin, sovuq boʻlmaydigan davr bir yilda qariyb 230 kun. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20 — 25°, havoning nisbiy namli-647gi yoz oylarida 30- 40%; havosi toza. Yiliga oʻrtacha 600 — 800 mm yogʻin yogʻadi. Tabiati nihoyatda boy va rang-barang, togʻ yon bagʻirlari qalin oʻrmon. A.da ta-biiy yongʻoqzor, pistazor, olmazor, bo-domzor va olchazor koʻp. A. qishlogʻi max-sus yongʻoqzor-mevazor oʻrmon xoʻjaligi qaramogʻida. A. atrofida oʻrmon-mevachilik xoʻjaligi tashkil qilingan. 1945-yildan bu yerlar davlat qoʻriqxonasi hisoblanadi. Daraxtzorlar qariyb 265 ming ga maydonni tashkil qiladi. Me-vali oʻrmonlardan yongʻoq, olma, pista va olcha yigʻib olinadi. Asalarichilik ri-vojlangan. A. yongʻoqzorlarida moʻynali hayvonlar iqlimlashtirilgan. Bu yerga har yili turist va dam oluvchilar kelib ketishadi, bolalar dam olish maskanlari bor. A. qadimdan Arslonbobota nomi bilan bogʻliq ziyoratgoh joy.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil