Artel (shirkat)
Artel — Oʻzbekistondagi maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya[1].
Turi | kompaniya |
---|---|
Xizmatlari | Maishiy texnika, Elektronika |
Egasi | AKFA Group |
Qachon asos solingan | 2011 |
Joylashuvi | Toshkent, Taraqqiyot 2 |
Asoschi(lari) | Jahongir Ortiqxoʻjayev |
Vebsayti | artelgroup.org |
Nomi
tahrirArtel soʻzi inglizcha Art (sanʼat) va electronics (elektronika) soʻzlarining bosh harflari birikmasidan hosil boʻlib, „elektronikadagi sanʼat“ maʼnosini anglatadi[2].
Tashkil topishi
tahrir2011-yilda Oʻzeltexsanoat davlat muassasasi hamda Italiyaning „Gloria“, Janubiy Koreyaning „Samsung“, Xitoyning „Midea“, Turkiyaning „Odul“ shirkatlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil topgan[3][4].
Korxonalari
tahrir„Eko Maxmud“ va „Martensit Investment“ korxonasi oshxona plitalari[5][6], „Quality Electronics“ Samsung konditsionerlarini[6], „Sky Wind System“ LCD displeylarni, „White Machine Techonology“ changyutgichlar, „Thermo Water Electric“ suv isitgichlar ishlab chiqarmoqda. 2015-yilda Zomin tumanida LCD monitorlar ishlab chiqaruvchi korxona qurildi[7][8].
Manbalar
tahrir- ↑ „Information about foundation of Artel Company“//Informatsiya ob osnovanii kompanii
- ↑ Ro‘zioxunov, Alisher „Narx, monopoliya va rejalar. Artel bosh direktori bilan eksklyuziv suhbat“. Kun.uz (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
- ↑ „O kompanii“
- ↑ „Statistika kompanii“, 6-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-dekabr 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „„Uzeltexsanoat itogi goda““. 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ 6,0 6,1 „Informatsiya ob sovmestnix predpriyatiyax“
- ↑ „Zavod v Zaamine“
- ↑ „Zavod po proizvodstvu monitorov V Zaamine“, 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6-dekabr 2016-yil
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayt (Wayback Machine saytida 18-noyabr 2016-yil sanasida arxivlangan)