Artémiy Andréyevich Lébedev (13-fevral 1975) mashhur rus dizayneri, ixtirochisi,[1] Artemiy Lebedev Studiyasining asoschisi, badiiy rahbari hamda egasidir.[2]

Artemiy Andreyevich Lebedev
Арте́мий Андре́евич Ле́бедев
Tavalludi 13-fevral 1975-yil (1975-02-13) (49 yosh)
Fuqaroligi Rossiya
Otasi Andrey Lebedev
Onasi Tatyana Tolstaya

Tarjimai holi

tahrir

Artemiy Lebedev 1975-yil 13-fevralida Moskvada filolog Andrey Lebedev va adiba Tatyana Tolstaya oilasida tugʻildi. 274-, 583- и 57-maktablarda oʻqidi. Maktabdan keyin Moskva Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga kirdi, 2-kursdan keyin universitetdan ketdi.

1992-yili hamkori bilan A-kvadrat studiyasini ochib, yil oxirigacha unda ishladi. 1993-yil yanvarida Artografika studiyasini ochdi, unda u grafika, poligrafiya, kalligrafiya va boshqa dizayn bilan shugʻullandi. 1993-1995-yillarda MakSentr kompaniyasida art-direktor boʻlib ishladi.

1995-yili WebDesign studiyasiga asos soldi, uch yildan keyin uni Artemiy Lebedev Studiyasi deb nomladi. Bu studiya hozirda Runetdagi eng yirik studiyalardan biriga aylangan. 2001-yildan Artemiy Lebedev Studiyasi sanoat dizayni bilan ham shugʻullanib kelmoqda.

Notijorat loyihalari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Patentlari: 59282, 65260, 76477, 76478
  2. http://www.tema.ru/jjj/af/1.jpg

Havolalar

tahrir