Arthur Seymour Abramson (talaffuzi: Artur Seymor Abramson) (1925-yil 26-yanvar — 2017-yil 15-dekabr) —amerikalik tilshunos.

Arthur S. Abramson
Tavalludi 1925-yil 26-fevral
New Jersey,New City
Vafoti 15-dekabr2017-yil
Fuqaroligi amerikalik
Sohasi tilshunoslik
Ilmiy darajasi

tadqiqotchi,

magistr, fan nomzodi
Mashhur ishlari eksperimental fonetika, nutqning hosil bo'lishi va uni idrok etish, undosh tovushlarda laringeal nazorat va o'ziga xos ohang kabi tilshunoslikning yo'nalishlari (Tailand tili uchun)

Faoliyati

tahrir

Arthur Abramson tilshunoslikning fonetika va nutq masalalari bilan shugʻullangan. Arthur Abramson New Jersey shtatining Jersey City shahrida tugʻilgan[1]. Arthur Abramson Connecticut universitetida tilshunoslik kafedrasiga asos solgan. Arthur Abramson Connecticut universitetining tilshunoslik kafedrasida 1967-1974-yillarda kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan[2][3]. Shundan soʻng, Arthur Abramson Connecticut shtatining New Haven shahridagi Haskins nomidagi laboratoriyada katta ilmiy xodim sifatida faoliyat yuritgan[4]. Arthur Abramson Haskins nomidagi laboratoriyasidagi faoliyati davomida Haskins direktorlar kengashi aʼzosi va korporatsiya kotibi ham boʻlgan[5]. Arthur Abramson 1983-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Lingvistik jamiyatining prezidenti etib tayinlangan[6].

Ilmiy izlanishlari

tahrir

Arthur Abramson hamkasbi Leigh Lisker bilan birgalikda ovozning ritmi va uning hosil boʻlishi ustida olib borgan tajribalari bilan koʻpchilikka maʼlum va mashhur edi. Arthur Abramson, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo tillari boʻyicha mutaxassis ham boʻlgan va shu tufayli u Tailanddagi hamkasb tilshunos olimlar bilan birgalikda ilmiy ishlarni amalga oshirgan. Arthur Abramsonning tadqiqotlari orasida eksperimental fonetika, nutqning hosil boʻlishi va uni idrok etish, undosh tovushlarda laringeal nazorat va oʻziga xos ohang kabi tilshunoslikning yoʻnalishlari mavjud edi. Arthur Abramson yuqoridagi tadqiqotlarini Tailand tili misolida olib borgan.

Taʼlimi

tahrir

Artur Abramson bakalavr ilmiy darajasini 1949-yilda Yeshiva universitetida olgan. Artur Abramson 1950-yilda magistrlik ilmiy darajasini va 1960-yilda Columbia universitetida fan nomzodi ilmiy darajasini olgan.

Tanlangan nashrlar

tahrir
  • Abramson, AS (1962) „The Vowels and Tones of Standard Thai: Acoustical Measurements and Experiments“ (Standart Tailand tilining unlilari va ohanglari: akustik oʻlchovlar va tajribalar) . Bloomington: Indiana U. Res. Antropologiya, folklor va tilshunoslik markazi, Pub. 20.
  • Abramson, AS va DM Erickson. (1992) „Tone splits and voicing shifts in Thai: Phonetic plausibility. In Pan Asiatic Linguistics: Proceedings of the Third International Symposium on Language and Linguistics“ (Tailand tilida ohangning boʻlinishi va ovozning oʻzgarishi: Osiyo tilshunosligida fonetik asoslilik. Til va tilshunoslik boʻyicha uchinchi xalqaro simpozium materiallari), jild. Bangkok: Chulalongkorn universiteti.

Vafoti

tahrir

Arthur Abramson 2017-yil 15-dekabrda vafot etdi[7][8].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Who's Who in American Jewry (en). Standard Who's Who, 1980. 
  2. „Prof. Arthur S. Abramson, Ph.D.“. ucc.uconn.edu. 2003-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „In Memoriam: Arthur Abramson, Founding Department Head of Linguistics“. UConn Today (2017-yil 19-dekabr). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
  4. „Arthur S. Abramson“. Haskins Laboratories. 2006-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
  5. „Haskins Laboratories Board of Directors“. Haskins Laboratories. 2006-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Arthur S. Abramson Obituary“. Linguistic Society of America. 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
  7. „Arthur Abramson passes away“. Haskins Laboratories (2017-yil 17-dekabr). 2017-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-dekabr.
  8. „Obituary for Arthur Seymour Abramson“. Manchester Funeral Home. 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan.