Artikulyasiya
Artikulyasiya (oʻzbekcha: articilo) — 1) tilshunoslikda: muayyan tovushni hosil qilishda nutq muchalarining harakati, holati, ishtiroki; 2) musiqada: asarni sozda yoki ovoz bilan ijro etish usuli. Artikulyasiyaning asosiy turlari: legato (tovushlarning oʻzaro bogʻlanishi) va stakkato (tovushlarni uzib-uzib sadolash). Ulardan tashkari portamento, glissando kabi Artikulyasiya ifodalari ham bor. Artikulyasiya ijrochining harakatlari (cholgʻuni ushlashi, qoʻli, butun vujudi va yelkalarining harakati, barmoq bosishi va boʻshatishi)ga bogʻliq. Toʻgʻri Artikulyasiya ijroning yuksak badiiy va taʼsirchan boʻlishida katta ahamiyatga ega; 3) texnika akustikasida: radio, telefon va boshqalardan tovushning aniq eshitilishi. Artikulyasiya toʻgʻri qabul qilingan tovushlarning umumiy uzatilgan tovushlarga nisbatini (foizlarda) koʻrsatadi va uzatuvchi tizimning akustik sifatini aniqlaydi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |