Artishok
Artishok (Supaga) — koʻp yillik va bir yillik sabzavot ekini. Oʻrta dengiz mamlakatlarida 10-11 turi oʻsadi. Fransiya, Italiya, Hindiston, Jazoir va boshqa mamlakatlarda ekiladi. Rossiyaning jan, Moldaviya, Ukrainada tikanli A. (S. scolymus L.) turi koʻproq ekiladi. Artikshok juda sershox boʻlib, boʻyi 2 m gacha bo-radi. Gullari koʻk-binafsha rangda, yirik toʻpgul hosil qiladi (bir toʻpguli ogʻirligi 100-200 g). Seret gulbandi va savatcha toʻpguli ovqatga ishlatiladi. Artikshokda qand, oqsil (2,5-3%), uglevod (7-15%), S (0,4 mg%), V,, V2 vitaminlari, karotin, urugʻida 30% gacha moy bor. Xom va konservalangan, qaynatilgan Artikshok souslar bilan isteʼmol etiladi, salatlar tayyorlanadi. Uglevodlari tarkibida diabet kasalliklari uchun foydali boʻlgan inulin bor. Janubiy zonalarda 3- 4 yillik, sovuq kuchli zonalarda bir yillik ekin, 100x80 sm sxemada ekiladi. Hosildorligi 50-250 s/ga (15- 50 ming toʻpgul). A. odatda koʻp yillik ekin tarzida ekilgandan soʻng ikkinchi yili gullaydi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Artikshokni rayonlashtirish oʻrganilmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |