Artur afsonalari
Artur afsonalari — Uels (Angliya)da istiqomat qiluvchi keltlarning rivoyatlari; koʻplab sheʼriy asarlarga mavzu boʻlgan. Bularga asos qilib orttlarning qirollaridan biri — qirol Artur (5 −6-asr) prototipi olingan. U anglo-sakslar istilosiga qarshi muvaffaqiyatli kurashgan. Qirol Artur qirolligi 8-asrning ikkinchi yarmigacha faoliyat yuritgan. Keltlar oʻz mustaqilliklarini qayta tiklash haqidagi orzu-umidlarini Artur nomi bilan bogʻlaganlar. Tarixiy shaxs sifatida Artur 7-asrdan boshlab kelt va bretonlarning bard (shoir va qoʻshiqchi)lari ijodida, shuningdek lotin yilnomachisi Galfrid Monmautskiyning „Britaniya qirollari tarixi“ (taxminan 1137) kito-bida tilga olinadi. Angliyada 13 — 14-asrlarda „Artur“, „Artur va Merlin“, „Arturning oʻlimi“ romanlarining tarjimasi paydo boʻladi. Artur afsonalari mavzusida ritsarlik haqidagi eng yaxshi ingliz romani — „Ser Gaveyn va Yashil ritsar“ nazmida yaratildi (14-asr). 15-asrda T. Malori „Arturning oʻlimi“ romanini yozdi. Bir qator ijodkorlar oʻz asarlarida Artur obraziga murojaat etganlar. Mas, E. Spenser „Qirolicha fey“da, J. Drayden „Qirol Artur“ opera liberettosida, U. Morrisning „Ginevr mudofaasi“ poemasida va boshqa M. Tvenning „Yanki qirol Artur saroyida“ asarida Artur afsonalari taqlidiy-hajviy talqin etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |