ARXEOLOGIYA BUYUMSHUNOS-LIGI — arxeologiyaning har bir arxe-ologik davrga oid buyum va jihozlarni oʻrganadigan sohasi. Har bir buyumning oʻziga xos kelib chikish va taraqqiyot ta-rixi bor. Hozirgi kunda ishlatilib tur-gan buyumlar (pichoq, kozon, piyola, kosa) ibtidoiy zamonlardan boshlab necha bosqichlarni oʻtib, soʻnggi holatida bizga yetib kelgan. Har bir tarixiy davr va bosqichning buyumlar majmuasi arxeolo-giya fanida oydinlashadi. Shuning uchun har bir davrning buyum va jihozlarini oʻrganishda A.6.ning ahamiyati katta.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil