Arxeologiya ekspeditsiyalari
Arxeologiya ekspeditsiyalari — moddiy madaniyat yodgorliklarini dala-tadqiqot yoʻli bilan oʻrganish uchun tashkil qilinadigan ekspeditsiyalar. Ularni ilmiy tadqiqot institutlari, oliy oʻquv yurtlari, muzeylar va ulkashunoslik toʻgaraklari tashkil etadi. Koʻpincha, kompleks ravishda tuzilib, tarkibiga arxeologlardan tashqari etnograf, an-tropolog, geograf, tuproqshunos, biolog, botanik va boshqa olimlar kiritiladi. Uzoq yillar ishlashga moʻljallanib, mustaqil ishlaydigan otryad va guruhlardan iborat qilib tuziladi. Har bir ekspeditsiyaning oʻziga xos nizomi, ilmiy kengashi, max-sus bazasi boʻladi. Dastlabki arxeologik kuzatuvlar 19-asrning 2-yarmida boshlangan. 1895-yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil qilingan. 1920-yildan Oʻzbekistonning har bir vi-loyatida turli Arxeologiya ekspeditsiyalari ish olib bordi. Eng yirik Arxeologiya ekspeditsiyalari — Termiz arxeologik kom-pleks ekspeditsiyasi va Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspeditsiyasi 1936 — 37 yillarda tuzilgan. Ekspeditsiyalar Oʻzbekiston xalqyaarining tarixiy va madaniy yodgorliklarini topish va oʻrganishga muayyan hissa qoʻshdi. Tuproq qal’a, Qoʻyqirilgan qal’a, koʻhna Termiz shahri va boshqa dan moddiy madaniyat va sanʼatning ajoyib yodgorliklari topiddi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Arxeologiya ekspeditsiyalarining faoliyati yanada avj oldi. 1946-yilda Janubiy Turkmaniston arxeologiya kompleks ekspeditsiyasi, Soʻgʻd-tojik arxeologiya ekspeditsiyasi tashkil qilindi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti ot-ryadlari Oʻzbekistonning turli tumanlarida tadqiqot ishlarini olib bordi. Akad. Ya. Gʻulomov rahbarligidagi Arxeologiya ekspeditsiyalarining Xorazm, Zarafshon va Toshkent vohalarida, Fargʻona vodiysida; A. R. Muhammadjonovning Buxoroda olib borgan arxeologik tadqiqotlari Oʻzbekistonning qadimgi sugʻorish sistemasi va dehqonchiligini oʻrganishda, undan xalq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanishda katta ahamiyatga ega. A. A. Asqarov boshchiligidagi otryadning Sopollitepa, Jarqoʻtonla olib borgan qazishmalari ancha samarali boʻldi. U. I. Islomov rahbarligidagi otryad Oʻzbekistonning qator viloyatlarida tosh davriga oid yangi yodgorliklarni qazib oʻrgandi, Afrosiyob ekspeditsiyasi qadimgi Samarqandni oʻrgandi va uning ilk oʻrta asrlarga oid devoriy rasmlarini ochdi, Yerqoʻrtndya ish olib 666borgan otryad (R. H. Sulaymonov boshchi-ligida) antik va ilk oʻrta asrlarga oid madaniyat va sanʼat namunalarini topdi.1959-yilda G. A. Pugachenkova rahbarligida Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi tuzildi. Ekspeditsiya Dalvarzintepa, Xolchayon, Budrochtepada qazishmalar oʻtkazib, qizil sopollarning noyob namunalarini topib, tadqiq qildi. Oʻzbekiston mustaqillik-ka erishganidan keyin Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi yapon arxeologlari bilan hamkorlikda bu yerda, shuningdek Qoratepa, Termizda keng koʻlamda arxeologik ishlar olib bormoqda.1964-yildan beri Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi OʻzMU) arxeologiya kafedrasining Qashqadaryo arxeologik topografiya ekspeditsiyasi Qashqadaryo vohasida ish olib borib, Kitob, Shahrisabz shaharlari tarixini oʻrgandi, shahar harobalari, manzilgohlarda qazish ishlari olib bordi. Toshkent shahri va viloyatining tarixiy va madaniy yodgorliklarini Yu. F. Buryakov va M. I. Filanovich rahbarligidagi otryadlar oʻrgandi va hokazo
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |