Arxeologiyaning ish uslubi
Arxeologiyaning ish uslubi — moddiy madaniyat yodgorliklari mavjud joyning tabiiy geografik tu-zilishiga va ulardagi tarixiy-maishiy holatga qarab tadqiqot ishlarini bel-gilash: 1) arxeologik axtarish (rekog-nossirovka)dan iborat boʻlib, unda maʼlum joyda qaysi turdagi yodgorliklar: shahar harobalari, qadimgi qabristonlar, maskanlar va hokazo borligini, ularning taxminiy davrlarini belgilab chiqadi; 2) arxeologik sinov (razvedka)da har bir yodgorlikni sinov tariqasida qisman qazib koʻrib, uning bunyodga kelgan zamo-ni, umri, xususiyati kabi tomonlarini aniqlab oladi; 3) muqim (statsionar) ar-xeologik qazish turli arxeologik tekshi-rishning yakunlovchi bosqichi boʻlib, unda sinab koʻrilgan yodgorlik boshdan-oyoq ba-tamom qazib tekshiriladi, tugallangan tarixiy xulosalar chiqariladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |