Arxozavrlar (Archosaura) — su-dralib yuruvchilar kenja sinfi. Yuqori perm davridan maʼlum. Bosh suyagida 2 ta chekka suyagi va koʻz oddi tuynugi boʻladi. Chanoq suyagi 3 yoki 4 nurli. Te-risi qalin sovut bilan qoplangan. A. mezo-zoy erasida yer yuzida eng keng tarqalgan va juda xilma-xil turlardan iborat sudralib yuruvchilar guruhi boʻlgan. Ay-rim A. ikki oyokda tik yurgani uchun orqa oyoqlari, dumi va dumgʻazasi kuchli rivoj-langan, lekin oldingi oyoqlari va boshi kichik boʻlgan. Oʻtxoʻr yoki yirtqich hayot kechirgan A.ga tekodontlar, timsohlar, kaltakesakchanoqlilar, qoʻshchanoqlilar, dinozavrlar va uchar kaltakesaklar tur-kumlari kiradi. A.dan arxeopteriks ke-lib chikdan. A.dan hozir faqat timsohlar saqlanib qolgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil