Aryana Said
Aryana Sayid (dariy / pushtucha: آريانا سعيد) — afgʻon qoʻshiqchisi, qoʻshiq muallifi va teleboshlovchi. U asosan dariy tilida kuylaydi, pushtu va oʻzbek tilida ham koʻp qoʻshiqlari bor. U Afgʻonistonning eng mashhur musiqachilaridan biri boʻlib,[2] Afgʻoniston ichida va undan tashqarida konsert va xayriya festivallarida muntazam qatnashadi. 1TV va TOLO tarmogʻi musiqiy telekoʻrsatuvlarida boshlovchilik qilgan, shuningdek, realiti-shoularda chiqish qilgan[3][4].
Aryana Said | |
---|---|
Tavalludi |
14-iyul 1985-yil[1] |
Fuqaroligi | Afgʻoniston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 2007-yildan |
Veb-sayti | facebook.com/aryanamusic |
Bolaligi va taʼlim
tahrirSaid 1985-yilda Afg‘onistonning Bomiyon shahrida tug‘ilgan[5]. 8 yoshida ota-onasi bilan Afg‘onistonni tark etgan va Pokistonning Peshovar shahrida yashab, qisqa muddat Shveytsariyada, keyin esa Londonda yashadi[6]. 12 yoshida musiqa maktabiga oʻqishga kirdi.
Musiqiy karyerasi
tahrirSaidning 2008-yildagi birinchi singli „MashAllah“ edi. Uning karyerasidagi burilish nuqtasi 2011-yilda "Afgan Pesarak" qoʻshigʻi chiqqanidan keyin sodir boʻldi[7]. Aryana Said Afgʻonistondan tashqaridagi koʻplab afgʻon xonadonlarida mashhur boʻldi va butun dunyo boʻylab koʻplab konsertlarda chiqish qila boshladi[8]. Toʻsatdan, muvaffaqiyatning eng yuqori choʻqqisida Aryana Afgʻonistonga borishga va oʻzining vatanidagi kontsertlarda chiqishga qaror qildi. Aryana Said u yerda eski klassik afgʻon qoʻshigʻi — "Gule Seb" versiyasi bilan shuhrat qozondi. Afgʻonistondagi dastlabki kunlarida u oʻzining navbatdagi qoʻshigʻi "Dilam Tang Ast"ni suratga oldi. Television Awards marosimida Afgʻonistonda suratga olingan eng yaxshi qoʻshiq uchun mukofotga sazovor boʻldi. Bu, shuningdek, Afgʻonistonning yetakchi koʻngilochar kanallaridan birida teleboshlovchi sifatidagi yangi faoliyati boshlanishi bilan yakunlandi[9]. Uning navbatdagi qoʻshigʻi — „Hayranam“ juda yaxshi chiqdi. Aryananing navbatdagi katta muvaffaqiyati — „Jelva“ qoʻshigʻini afg‘on musiqasidagi yetakchi qo‘shiqchilardan biri — Javid Sharif bilan hamkorlikda kuyladi. „Biyo Biyo“ qoʻshigʻining birinchi muvaffaqiyatidan keyin ikkinchi marta juftlashdi. Aryana Said buni oʻz mamlakatida sport sanʼatini ragʻbatlantirish uchun koʻtarinki milliy qoʻshiq bilan davom ettirdi. „Afgʻoniston, Afgʻoniston“ qoʻshigʻini yaratish uchun bir qancha qoʻshiqchilar birlashdilar. Aryananing „Banu e Atash Nasheen“ asari Afgʻoniston ayollari koʻp yillik urush va zoʻravonliklarda duch kelgan azob-uqubatlarni tasvirlaydi[10]. Katta orkestr ijrosida suratga olish Afgʻonistonda boʻlib oʻtgan. Qoʻshiq chiqqanidan koʻp oʻtmay, Aryana qoʻshiqning krlib chiqishi va maʼnosini tushuntirish uchun BBCga intervyu berdi. Uning navbatdagi katta hiti „Anaram, Anaram“ boʻlib, Aryanani Afgʻonistondagi chartlarning birinchi oʻrniga olib chiqdi[11][12].
2019-yilda u Afg‘onistonning "Icon" mukofotini qo‘lga kiritdi va 2017-yilda Afg‘onistonning "eng yaxshi ayol san'atkori" deb topildi[13]. Afg‘oniston milliy teleradio tarmog‘idan „Afg‘oniston ovozi“ unvonini olgan. „Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi“, „yilning eng yaxshi videosi“ va „Jasorat“ mukofotlariga sazovor boʻldi[13].
Televizion faoliyati
tahrirKoʻp oʻtmay, Aryana Said Afgʻonistondagi yetakchi koʻngilochar kanallardan biri — 1TV tomonidan qabul qilindi. Uning „Musiqa kechasi“ (Shab-e Mosiqi) shousi musiqa ijrosi va boshqa sanʼatkorlardan intervyu olishini oʻz ichiga olgan. Shou muvaffaqiyatli boʻldi va birinchi mavsumdan soʻng Aryana Londonga qaytib ketdi. Koʻp oʻtmay, Aryana Said TOLO TV tomonidan 2013-yilda „Afgʻoniston Ovozi“ hakamlaridan biri sifatida tasdiqlandi[14]. Televideniye bilan hamkorlikni davom ettirdi va keyinchalik boshqa bir isteʼdod shousi — „Afgʻoniston yulduzi“ hakami boʻldi[15].
Jamiyatdagi faolligi
tahrirLalah Usmoniy boshchiligidagi #WhereIsMyName kampaniyasi tarafdori boʻlib, Afgʻoniston qonunchiligiga oʻzgartirish kiritishni yoqlagan. Unga koʻra, ayollarning ismlarini shaxsiy guvohnomalarga kiritish mumkin edi[16].
Aryana Said Afgʻonistonga vatanparvarlik va Hindistonga mehr-muhabbat izhor etib, Afgʻoniston uchun „haqiqiy doʻst“ ekanini aytdi[17][18].
Aryana Parij shahrida boʻlib oʻtgan UNESCOning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda prezidentlar va bosh vazirlar ishtirokida Afgʻoniston vakili sifatida chiqish sharafiga muyassar boʻldi[19]. Aryana oʻz chiqishini Afgʻoniston va boshqa mamlakatlarda muhojirlikda yashayotgan insonlarga bagʻishladi.
Shaxsiy hayoti
tahrirSaid 2018-yilda o‘zining menejeri Hasib Said bilan unashtirildi[20].
2021-yil avgust oyida Kobul Tolibon qoʻliga oʻtganidan keyin u Kobuldan Qatarning Doha shahriga evakuatsiya qilindi, soʻngra Turkiyaning Istanbul shahriga joʻnadi[21][22].
2021-yil 25-avgust holatiga ko‘ra, AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida istiqomat qiladi[23].
Uning jiyani — Nadia Nadim Daniya milliy futbol terma jamoasida oʻynaydi[24].
Manbalar
tahrir- ↑ „Aryana Awarded Atlantic Council 2018 Freedom Award“. TOLOnews (2018-yil 24-iyun). 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
- ↑ Orooj Hakimi. „Defying threats, Afghan singer Aryana comes home for women“. Reuters (2019-yil 16-mart). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
- ↑ Sparks, Hannah. „Afghanistan's biggest female pop star escapes amid Taliban 'shock'“. New York Post.
- ↑ Welle (www.dw.com). „Why is singer Aryana Sayeed seen as a threat to Afghan conservatism? | DW | 18.08.2017“ (en-GB). DW.COM. 2020-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ Welle (www.dw.com). „Afghan women urge EU leaders to not recognize Taliban | DW | 02.02.2022“ (en-GB). DW.COM. Qaraldi: 2022-yil 29-may.
- ↑ „Aryana Sayeed“. 2021-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
- ↑ Video YouTubeda
- ↑ „Silk Road Republic | Aryana Sayeed: Wearing Who She is“. 2014-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-yanvar.
- ↑ „Aryana Sayeed“ (2013-yil 15-may). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ „Afghanistan – Aryana Sayeed, la voix de la liberté“. 2016-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ „Afghan singer Aryana Sayeed tells Newsday about death threats she's received“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ „Latest News, Articles, Photos, Images and Videos on range of topics – Firstpost“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ 13,0 13,1 „Sherzaad Entertainment – Afghanistan's Leading Entertainment Entity“. 2019-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
- ↑ France-Presse. „Afghan female stars defy clerics' pressure“ (2013-yil 16-avgust). 2016-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.
- ↑ „Aryana Sayeed“ (2013-yil 15-may). 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-iyun.„Aryana Sayeed“ (Wayback Machine saytida 2013-09-03 sanasida arxivlangan). 15 May 2013.
- ↑ „WhereIsMyName: Afghan women campaign for the right to reveal their names“ (en-GB). BBC News (2020-yil 24-iyul). Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ Goswami. „Afghan pop star Aryana Sayeed says India 'true friend', slams Pakistan“. Hindustan Times (2021-yil 24-avgust).
- ↑ „Afghan pop star Aryana Sayeed blames Pak for empowering Taliban, terms India 'true friend'“. The Times of India (2021-yil 24-avgust).
- ↑ „World leaders and renowned artists celebrate UNESCO at 75“. UNESCO (2021-yil 12-noyabr).
- ↑ „Biography of Aryana Sayeed“. afghan-web.com (2018-yil 8-aprel). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.
- ↑ „Afghan pop star Aryana flees from country amid fear of life under Taliban rule“. wionews.com (2021-yil 19-avgust).
- ↑ Nzanga, Merdie; Savoy, Greg. „Afghan star Aryana Sayeed recounts harrowing escape from Kabul“ (en). Reuters (2021-yil 24-avgust). 2021-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-fevral.
- ↑ „Afghan pop star Aryana Sayeed says she was 'hopeless' while fleeing Taliban“.
- ↑ „Nadia Nadim – Dänemarks "Zlatan"“. Der Tagesspiegel Online. tagesspiegel.de (2017-yil 29-iyul). 2019-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 26-iyul.