Arzamas — Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod viloyatidagi shahar. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 112,8 ming kishi (1999). Mashinasozlik, atom reaktorlari ishlab chiqarish, yengil sanoat (kigiz fabrikasi), oziq-ovqat sanoa-ti, qurilish materiallari korxonalari bor. Pedagogika instituti, Nijniy Novgo-rod politexnika institutining kechki fakulteti, qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish va elek-trlashtirish texnikumi, kooperativ texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari, drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor. A. 1578-yilda vujudga kelgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil