Arzirum – Turkiyaning shimoli-sharqidagi shahar. Arzirum elining ma’muriy markazi. Aholisi 242 ming kishi (1990). Temir yoʻl stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni, oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻnchilik, mebel va metallsozlik korxo-nalari bor; vagon va lokomotivlar ta’mirlanadi. Universitet bor. A. yaqinida temir rudasi koni topilgan. A. qadimda turli davlatlar tarkibida boʻlib ketgan va har xil nom bilan atalgan. 11-asrda saljuqiylar qoʻl ostiga oʻtgach, hozirgi nom bilan atalgan. 1514-yildan Usmonlilar saltanati tarki-bida. A. va uning atrofi bir necha marta urush maydoni boʻlgan. A.ni 1829, 1878, 1916–18 yillarda rus qoʻshinlari bosib olgan. Kamolchilar inqilobi davrida, ya’ni 1919-yildan inqilobchilarning aso-siy markazlaridan biri boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil