Nerv, nervlar (yun. neuron — tola, ip), asab — murakkab anatomik tuzilma. Bosh miya, orqa miya va nerv tugunlarini gavdaning boshqa aʼzo va toʻqimalari bilan bogʻlaydi; asosan, nerv tolalari tutam idan iborat. Bu tolalar biriktiruvchi toʻqimalar pardasi bilan qoplangan. Odam va umurtqali hayvonlarda bosh miyadan bogi miya nervlari, orqa miyadan esa orqa miya nervlari chikadi. Bir nechta Nervlar nerv chigalini hosil qilishi mumkin. Markazga intiluvchi yoki sezuvchi va markazdan qochuvchi yoki harakatlanuvchi Nerv tolalar farq qilinadi. Markazga intiluvchi tolalar orqali miyaga impulslar yoʻnaladi, markazdan krchuvchi tolalar esa skelet muskullariga impulslar oʻtkazadi; ichki aʼzolarga vegetativ (simpatik va parasimpatik) tolalar keladi. Maʼlum sohalarda sezuvchi Nerv tolalari yuzaga (teri osti va shilliq pardalarga) chiqadi. Nerv tolalarining chiqish joyini anik, bilish igna sanchib davolashaa muhim aqamiyatga ega. Nervlar zararlanganda sezuvchanlik bu-ziladi yoki ogʻriq paydo boʻladi, shi-kastlangan Nerv tolalari boradigan mus-kullar falajlanadi. Toʻqimalarda moddalar almashinuvini boshqarib tura-digan trofik impulslar Nerv orkali oʻtadi. Shu sababdan Nerv shikastlanganda yoki kasallanganda terida yara paydo boʻladi, boʻgʻimlar deformatsiyalanadi.[1]

Nerv anatomiyasi

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil