Asad Gulov (Asad Gulozoda va Asad Gulzodai Bukhoroyi taxalluslari bilan ham tanilgan; tug‘. 5-yanvar, 1935-yil, Peshku, Buxoro — 29-may, 2023-yil) — tojik shoiri, tilshunos va jurnalist.

Asad Gulov
Tavalludi 5-yanvar, 1935-yil
Vafoti 29-may, 2023-yil
Taxallusi Asad Gulzoda
Kasbi Shoir, jurnalist, tilshunos
Ijod qilgan tillari tojik
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Taʼlimi Dushanbe universiteti

Hayoti

tahrir

Asad Gulzoda 1935-yilda Buxoro viloyatining Peshku tumani Shavgʻon qishlogʻida tugʻilgan. O‘rta maʼlumotni shu yerda olgan. 1958-yilda Dushanbe universitetining tojik tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. Jurnalistik faoliyatini Buxoro viloyati teleradiokompaniyasida boshlagan.

Asad Gulzoda o‘smirlik paytlaridan sheʼrlar yozib boshlagan. Sheʼrlari O‘zbekiston va Tojikiston gazetalarida chop etilgan. Asad Gulzodaning „Murg‘obi chi makobod?“, „Labzi Shirin“ kabi kitoblari Dushanbedagi „Maorif“ nashriyotida nashr etilgan. Bundan tashqari, uning „Nasimi Buxoro“, „Xati peshona“, „Shukifahoyi Buxoro“, „Namozi ro‘i barg“, „Nafasi bahor“ kabi kitoblari ham bor. Shuningdek, sheʼrlari „Kahkashoni orzu“ (Toshkent) va „Guli murod“ (Dushanbe) to‘plamlariga kiritilgan[1][2].

Asad Gulzoda 2003-yilda Tojikiston yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.

U 2023-yil 29-mayda 88 yoshida vafot etgan[3].

Manbalar

tahrir