Asahi (Toyama)
Asahi (yaponcha: 朝日町 Asahi-machi ) Yaponiyadagi Toyama prefekturasining Shimoniikava tumanida joylashgan shahardir. 2018-yil 1-aprel holatiga koʻra, shaharning taxminiy aholisi 11574 kishini, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 51,1 kishini tashkil qilgan. Uning umumiy maydoni 226,30 kvadrat kilometr (87,37 mi²) ni tashkil etadi. Shahar plyaj voleybolining vatani deb daʼvo qiliniadi.
Asahi 朝日町 | |
---|---|
Shaharcha | |
36°56′46.2″N 137°33′35.8″E / 36.946167°N 137.559944°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Chubu viloyati |
Maydon | 226.30 km2 (87.37 kv mi) |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (October 1, 2020) |
11,093 |
Zichligi | 49.02 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9:00 |
Telefon kodi | 0765-83-1100 |
Pochta indeks(lar)i | 939-0793 |
|
Geografiyasi
tahrirAsahi Toyama prefekturasining shimoli-gʻarbiy qismida, Shimoliy Alp togʻlari va Yapon dengizi orasida joylashgan. Shirouma togʻi hududddagi eng baland nuqta boʻlib, uning balandligi 2932 metrni tashkil qiladi.
Iqlimi
tahrirShaharda nam subtropik iqlim (Köppen Cfa) mavjud, u issiq yoz hamda sovuq qish bilan kuchli qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Asahida oʻrtacha yillik harorat 13,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 2219 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng pasti esa yanvarda, 2,5 °C atrofida boʻladi[1].
Asahi (1991−2020 oʻrtachalar, ekstremallar 1978−hozirga qadar) iqlimi | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Koʻrsatkich | Yan | Fev | Mart | Apr | May | Iyun | Iyul | Avg | Sen | Okt | Noy | Dek | Yil |
Mutlaq maksimal, °C | 18,7 | 23,6 | 28,6 | 30,3 | 33,3 | 33,4 | 37,2 | 37,2 | 38,0 | 34,3 | 26,4 | 24,1 | 38,0 |
Oʻrtacha maksimal, °C | 6,4 | 7,1 | 11,1 | 16,5 | 21,7 | 24,8 | 29,1 | 30,8 | 26,8 | 21,3 | 15,5 | 9,6 | 18,4 |
Oʻrtacha harorat, °C | 3,4 | 3,6 | 6,8 | 11,9 | 17,1 | 20,9 | 25,1 | 26,6 | 22,7 | 17,2 | 11,5 | 6,2 | 14,4 |
Oʻrtacha minimal, °C | 0,7 | 0,5 | 2,9 | 7,7 | 13,2 | 17,7 | 22,1 | 23,1 | 19,3 | 13,6 | 7,9 | 3,1 | 11,0 |
Mutlaq minimal, °C | −8,1 | −6,5 | −4 | −1,3 | 5,0 | 10,8 | 15,2 | 14,8 | 10,9 | 4,5 | 0,1 | −4,5 | −8,1 |
Yogʻingarchilik meʼyori, mm | 279,1 | 184,7 | 194,3 | 167,6 | 155,0 | 188,4 | 253,4 | 214,5 | 242,4 | 228,0 | 309,2 | 350,0 | 2 748,7 |
Manba: Yaponiya Meteorologiya Agentligi[2][3] |
Atrofdagi munitsipalitetlar
tahrirDemografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Asahi aholi soni soʻnggi 50 yil ichida kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1970 | 19,311 | — |
1980 | 18,631 | −3.5% |
1990 | 17,569 | −5.7% |
2000 | 15,915 | −9.4% |
2010 | 13,651 | −14.2% |
2020 | 11,081 | −18.8% |
Tarixi
tahrirHozirgi Asahi hududi qadimgi Etchu provinsiyasining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Tomari Hokurikudo shossesida post stansiyasi sifatida rivojlangan. Hudud Meiji restavratsiyasidan soʻng Shimoniikava tumanining bir qismi sifatida tashkil etilgan. Zamonaviy Tomari shahri 1889-yil 1-aprelda munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan yaratilgan. U 1954-yil 1-avgustda Asaxi shahrini tashkil qilish uchun oltita atrofdagi qishloqlar bilan birlashtirilgan.
Iqtisodiyoti
tahrirAsahi qishloq xoʻjaligi va tijorat baliq ovlashga bogʻliq. Mashhur ekinlarga guruch, qushqoʻnmas va spagetti qovoqlari kabilar kiradi.
Taʼlim tizimi
tahrirAsahida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat boshlangʻich maktabi hamda bitta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Toyama prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi faoliyat yuritadi.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirMagistral yoʻl
tahrir- Milliy yoʻnalish 8
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
tahrir- Fudodo manzilgohi, Jomon davri turar joyi xarobalari va milliy tarixiy maskan[5]
Manbalar
tahrir- ↑ Asahi climate data
- ↑ „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
- ↑ „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
- ↑ Asahi population statistics
- ↑ „Heritages detail“ (Japanese). Agency for Cultural Affairs.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (yaponcha)