Asahi (Mie)
Asahi (yaponcha: 朝日町 Asahi-chō )Yaponiyaning Mie prefekturasida joylashgan shaharchadir. 2021-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, shaharchada 4247 ta xonadonda 11041 nafar aholi istiqomat qiladi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1800 nafarni tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 5,99 kvadrat kilometr (2,31 milya) ga teng.
Asahi 朝日町 | |
---|---|
Shaharcha | |
35°2′3.3″N 136°39′51.9″E / 35.034250°N 136.664417°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
Viloyat | Kansai |
Prefektura | Mie |
Tuman | Mie |
Maydon | 5.99 km2 (2.31 kv mi) |
Aholisi (2021-yil) |
11 041 kishi |
Zichligi | 1800 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+9 |
Telefon kodi | 059-377-5651 |
|
Geografiyasi
tahrirAsahi Mi prefekturasining shimoli-sharqida joylashgan. Maydoni boʻyicha Mie prefekturasidagi eng kichik munitsipalitet hisoblanadi.
Qoʻshni munitsipalitetlar
tahrirMie prefekturasi
Iqlimi
tahrirAsahi nam subtropik iqlimga ega (Köppen Cfa), yozi issiq hamda qishi salqin va qor yogʻmaydi. Asahida oʻrtacha yillik harorat 14,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1656 mm, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,6 °C atrofida, eng past harorati esa yanvarda, 3,5 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
tahrirYaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Asahi aholisi soni soʻnggi 20 yil ichida tez koʻpaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 5,543 | — |
1970 | 6,8 | +22.7% |
1980 | 6,851 | +0.8% |
1990 | 6,744 | −1.6% |
2000 | 6,716 | −0.4% |
2010 | 9,627 | +43.3% |
Tarixi
tahrirAsahi Yayoi davridan buyon rivojlanib kelmoqda va Asuka davrida Jinshin urushi janglaridan biri oʻtkazilgan hudud boʻlgan. Meiji davrida Asahi 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini oʻrnatish bilan Mie prefekturasining Asake tumanida tashkil etilgan qishloqlardan biri edi. Asake tumani 1896-yilda tugatilib, Mie tumani bilan birlashtirildi. Asahi qishlogʻi 1957-yil 17-oktyabrda shaharcha maqomiga koʻtarildi.
Hukumat
tahrirAsahi toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 11 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Asahi Mie tumanining boshqa munitsipalitetlari bilan birgalikda Mie prefekturasi assambleyasiga ikki aʼzoni qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Mie 3-okrugi tarkibiga kiradi.
Iqtisodiyoti
tahrirMahalliy iqtisodiyotda Toshiba kompaniyasiga tegishli yirik zavod ustunlik qiladi, u (shoʻba kompaniyalar bilan birgalikda) mahalliy ishchi kuchining yarmidan koʻprogʻini ish bilan taʼminlaydi.
Taʼlim tizimi
tahrirAsahida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan bitta davlat boshlangʻich taʼlim maktabi va bitta davlat oʻrta taʼlim maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori taʼlim maktab mavjud emas.
Transport
tahrirTemir yoʻl
tahrirJR Tokai — Kansay magistral liniyasi
- Asahi
Kintetsu temir yoʻli Kintetsu temir yoʻli — Nagoya liniyasi
- Ise-Asahi
Magistral yoʻl
tahrir- Isevangan ekspress yoʻli
- Milliy yoʻnalish 1
Taniqli odamlar
tahrir- Akihiro Sato, professional futbolchi
Galereya
tahrirManbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Asahi rasmiy sayti (yaponcha)