Asal sirkasi — asal idishlari yuvindisidan tayyorlanadigan sirka. Asal sirkasi lazzatli, undan asalning xushboʻy hidi keladi. Asal sirkasi ni tayyorlash: 10 l yuvindi sharbatga achitqi va qattiq non burdalari solinadi, aralashtirib, iliq joyga qoʻyiladi. Bijgʻish tugagach, tindirib shisha idishlarga quyiladi. Shuningdek, asal sharbatiga vino va qora non burdalarini qoʻshib (1:1) ham sirka tayyorlash mumkin. Asal sirkasi oziq-ovqat sifatida oddiy sirka qatorida ishlatiladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil