Asalarichilik
Asalarichilik — qishloq xoʻjaligining tarmoqlaridan biri, asalarilarni asal, mum va boshqa mahsulotlar (asalari suti, asalari yelimi, asalari zahari va boshqalar) olish, shuningdek qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini oshirish uchun ularni changlatish maqsadlarida boqish. Ispaniyadagi Aran gʻoridan topilgan arxeologik maʼlumotlarga kura A. miloddan avvalgi 10 — 5-ming yilliklarda ham mavjud boʻlgan degan tax-minlar bor. „Tavrot“, „Bibliya“ kabi diniy kitoblarda ham A. toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. A. tarixida bir necha bosqichlar boʻlgan. Dastlab odamlar asalni oʻrmon va togʻlarda daraxtlarning kovaklari, toshlar yoriqlari, gʻorlarga uya qoʻygan asalarilardan olganlar. Bun-day A. terimchilik va ovchilikning bir turi hisoblangan. 1814-yilda rus asalarichisi P. I. Prokopovich romli asalari qutisini, 1865-yilda chex asalarichisi F. Grushka asalajratgichni kashf etishi bilan koʻpgina mamlakatlarda A. serdaromad tarmoqqa aylandi. 20-asrning 20-yillaridan maxsus A. xoʻjaliklari paydo boʻldi. A. Yer yuzasining barcha qitʼalarida tarqalgan. BMT maʼlumotlariga koʻra 1970-yillar boshida jahonda 40 mln.ga yaqin asalari uya (oilalari) mavjud boʻlgan. Jahon mamlakatlarida A. aso-san 3 yoʻnalishda rivojlanmoqda: asal olish; ekinlarni changlatish; boshqa xoʻjaliklarga tarqatish uchun eng yaxshi asalari zotlarining ona arisini yetishtirish (ona asalari yetishtiruvchi xoʻjaliklar) va asalari oilalarini koʻpaytirish. A. Rossiya, Ukraina, AQSH, Meksika, Turkiya, Fransiyada ayniqsa, rivojlangan. 1887-yilda tuzilgan „Api-mondiya“ Xalqaro asalarichilik tash-kiloti asalarichilar oʻrtasida xalqaro aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Bu tashkilot A.ga bagashlangan simpoziumlar, kongres-slar, koʻrgazmalar oʻtkazadi, 1966-yildan maxsus xalqaro „Apiacta“ jurnali nashr etadi. Oʻzbekistonda asalarichilik mahsulotlari qadimdan oziq-ovqat va doridarmon sifatida maʼlum boʻlsada, asalarilarni qutilarda boqish 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Turkistonga dastlabki asalari oilalari 1841-yilda Qozogʻistonning Semipalatinsk viloya-tidan keltirilgan.19-asrning 2-yarmida Turkistonga oʻrta rus asalarisi, Kavkaz kulrang togʻ asalarisi, ukrain dasht asalarisi va boshqa olib kelingan va Oʻzbekistonda biologiyasi hamda foydali xoʻjalik belgilari bilan ajdodlaridan farq qiladigan asalarilar po-pulyatsiyasi vujudga keldi. Oʻzbekiston Respublikasida 154 ming asalari oilasi (kutisi) bor. Ixtisos-lashtirilgan asalarichilik xoʻjaliklari tashkil etilgan. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tizimida 48 asalarichilik xoʻjaligi (88 ming asalari oilasi), shu jumladan, „Asal“ uyushmasi (1975 — 96 yillarda respublika IIB) bor (1998). Re-spublikadagi oʻrmon xoʻjaligi korxonalarida, „Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding“ kompaniyasi tarkibida ham asalarichilik xoʻjaliklari bor. Asalarichilik bilan 20 — 50 (90%) yoki 50 — 150 (10%) quti asalarisi boʻlgan xususiy asalchilar ham shugʻullanadi. Mavsumda ikki marta — may-iyun (bahorgi) va avgust-sentabrda (yozgi) asal olinadi. 1996-yil 17,1 ming-tasal, 187 t mumlarda tayyorlandi. Respu-blikada yiliga 20 ming t dan koʻproq asal tayyorlash imkoniyatlari bor. Asalarilar asosan koʻchma usulda boqiladi. Asalarilardan qishloq xoʻjaligi ekinlarini (gʻoʻza, mahsar, kanop, urugʻlik beda va boshqalar) changlatishda foydalaniladi. Asalarilar bilan changla-tish gʻoʻza hosildorligini oʻrtacha 5,1 — 5,9 s/ga oshirishi aniqlangan. Ibrohim Joʻrayev.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |