Asalning shakarlanishi (qotishi) — asalning suyuq holatdan kri-stallanib, qattiq holatga oʻtishi. Asalning shakarlanishi bilan dur bogʻlab, choʻka boshlaydi. Asalning tezroq yoki sekinroq choʻkishi tarki-bidagi shakarning oz-koʻpligiga bogʻliq. Akatsiya, shalfey, gilos daraxtlaridan yigʻilgan sifati yuqori asal sekin; gʻoʻza, kanop, beda, kungaboqar oʻsimliklari shiralaridan olingan asal tez shakarla-nadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil