Asalshirali oʻsimliklar, nektarli oʻsimliklar — asalari nektar va gulchangi yigʻib oladigan yopiq urugʻli oʻsimliklar, asalarilarning asosiy oziq bazasi. Nektarni gultoji yoki gulkosa barglar, tuguncha devori yoki gul oʻrnida joylashgan maxsus nektar bezlari ishlab chiqaradi. Ayrim oʻsimliklarda bunday bezlar barg bandi yoki gulyon barglari-da, hatto poyada ham joylashgan. Nektar miqdori oʻsimlik turiga bogʻliq. Masalan, bitta gul ishlab chikaradigan nektar miqdori Coryanthe turkumiga mansub tropik oʻsimlik — arxideyada 30 g gacha, joʻkada — 0,15 — 7,46 mg, kash-karbedada — 0,16 mg ga teng. A.oʻ. gulidan yigʻilgan nektar va gul changini asalarilar va asalarisimonlar oilasiga mansub b. hasharotlar asalga va pergaga aylantiradi. Ayrim oʻsimliklar nektar bilan birga qatronga oʻxshash modda ham ajratadi. Arilar bu moddadan propolis (asalari yelimi) ishlab chiqaradi. A.oʻ.ning ne-ktar ishlab chiqarish xususiyati evolyutsiya davomida kelib chiqqan boʻlib, oʻsimliklarning hasharotlar orqali chetdan changlanishga moslashuvidan iborat. Chetdan changlan-gan oʻsimliklar koʻp hosil beradi va ancha 688sifatli urugʻ qoddiradi. Koʻpchilik qishloq xoʻjaligi ekinlari, mas, oziq-ovqat va yem-xashak ekinlaridan grechixa, esparset, sebarga, beda, qashqarbeda, vika va boshqa; moyli va efir moyli oʻsimliklar — kungaboqar, raps, anis, koriandr, yalpiz; tolali ekinlar — gʻoʻza, kanop; turli xil me-vali daraxtlar, poliz va sabzavot ekinlari, sitrus oʻsimliklari, uzum va boshqa koʻp nektar hosil qiladi. Nektar ishlab chiqarish va hasharotlarning nektar yigishi A.oʻ.ning gullagan vaqtiga toʻgʻri keladi. Nektar ishlab chiqarishning boshlanishi va uning miqdori iqlim, tuproq va ob-havo sharoitiga bogʻliq. Oʻzbekiston sharoitida A.oʻ.ning yuzlab turi oʻsadi, ular orasida koʻp miqdorda nektar ajratib amaliy ahamiyatga ega boʻlganlari bir necha oʻn turdan iborat. Asalshirali oʻsimliklar botanik yoki xoʻjalik belgilariga, gullash muddati (mas, ba-horgi, yozgi, kuz-gi) va oʻsadigan joyi yoki boshqa belgilariga qarab tasnif qilinadi. 1 ga may-donda hosil qiladigan nektar miqdori boʻyicha quyidagi oʻsimliklar amaliy ahamiyatga ega: joʻka va dala zarangi — 1000 kg, ingichka bargli zarang — 200 kg gacha, tol — 150 kg gacha, sariq akatsiya — 350 kg ga yaqin, mevali daraxtlar (olma, nok, olxoʻri, olcha, gilos) — 20 — 30 kg, rezavor mevalardan smorodina — 60 kg, malina — 200 kg, oʻtlardan grechixa — 60 — 90 kg, moyli ekinlardan kungaboqar — 30 — 40 kg; tolali ekinlardan gʻoʻza — 30 — 40 kg, yem-xashak ekinlaridan espar-set — 90 — 400 kg, qashqarbeda — 300 kg, sebarga — 100 — 150 kg, beda — 100 kg nektar ishlab chiqaradi. Har xil muddatda gullaydigan oʻsimliklarni oʻstirish orqali bir joyning oʻzida surun-ka-siga bir necha oy yoki mavsum davomida asal yigʻish mumkin. Oʻzbekiston sharo-itida erta bahordan kech kuzgacha asal yigʻish uchun asalarilar bahorda efimer oʻsimliklar oʻsadigan dashtga, bahorning oxiri va yoz oylarida togʻ oddi va togʻ zo-nalari hamda ekinzorlarga koʻchiriladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil