Asalxoʻr (Mellivora capensis) — suvsarlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 68-75 sm, dumi 17-20 sm. Oyoqlari kalta, panjalari keng boʻlib, kuchli tirnoqlari yerni kovlash uchun moslashgan. Junlari siyrak va qattiq. Tanasining pastki tomoni qora-oq, ustki tomoni oqish. Afrika, Old, Oʻrta va Janubiy Osiyo (Hindiston)da tarqalgan. Oʻrta Osiyoda Turkmaniston janubida uchraydi. Uyada hayot kechiradi, 3-4 ta bola tugʻadi. Mayda umurtqalilar va hasharotlar, jumladan arilar va asal bilan oziqlanadi. Juda noyob, kam oʻrganilgan, muhofaza qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil