San (shahar)
(Asan Samʼoqandan yoʻnaltirildi)
San, Asan Samʼoqan — Afgʻonistonning shimolidagi Guzganon viloyatidagi urta asr shaharlaridan biri. 9-asrda S. kattaligi jihatidan viloyatda Anbar shahridan keyin turgan. 737/738 y. S. yaqinidagi chuqur soy boʻyida arablar bilan turk xoqoni qoʻshini oʻrtasida jang boʻlgan. 10-asrda S. togʻdagi kichik shahar (madina) ekanligi, unda koʻplab ariqlar va bogʻlar borligi, ayniqsa, yongʻoqzorlari bilan mashhurligi, 11-asrda S. yaqinida feruza koni borligi, uni xorijiy davlatlarga chiqarilganligi manbalarda qayd etilgan. 12-asrda S.da mis koni ham boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |