Asfar ibn Kurduya (shuningdek, Kurdavayh va Kardavayh) buvayhiylar sulolasiga xizmat qilgan daylamiy zobiti.

Asfar birinchi marta buvayhiylar hukmdori Adud ud-Davla davrida imperiyaning eng koʻzga koʻringan zobitlari qatorida tilga olingan. 983-yilda Adud ud-Davla vafotidan keyin buvayhiylar imperiyasida uning ikki oʻgʻli Samsam ud-Davla va Sharaf ud-Davla oʻrtasida vorislik uchun fuqarolar urushi boshlangan. Bu vaqtda Samsam ud-Davla Iroqni, Sharaf ud-Davla esa Fors va Kermonni boshqarayotgan edi.

986-yilda Asfar Samsam ud-Davlaga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, Sharof ud-Davlaga bayʼat qilgan. Biroq, Asfar tezda fikridan qaytib, uning boshqa ukasi, qisqa vaqt ichida „Baho ud-Davla“ unvonini olgan Abu Nasr Firuz Xarshadga bay’at e’lon qilgan. Samsam ud-Davla Fulad ibn Manazar yordami bilan isyonni bostirib, Baho ud-Davlani qamoqqa tashlagan. Shu voqeadan keyyin Asfar haqida boshqa maʼlumot mavjud emas.

Adabiyotlar

tahrir