Ashʼariy Abul Hasan Ali ibn Ismoil
(Ash’ariy Abul Hasan Ali ibn Ismoildan yoʻnaltirildi)
Ash’ariy Abul Hasan Ali ibn Ismoil (873, Basra — 935, Bag‘dod) — diniy nazariyotchi, islom ilohiyoti — kalomning asoschilaridan biri. Mashhadda tahsil ko‘rgan, moʻʼtaziliylar nazaristchilaridan biri sifatida tanilgan. 912 yilda o‘z qarashlarini keskin o‘zgartirib, islom ilohiyotiga falsafiy uslubni kiritishga uringan. A. moʻʼtaziliylikka xos bo‘lgan juda ochiq ifodalangan ratsi-onalizmni ham, diniy e’tiqodda o‘ta ket-gan formalizmni ham rad etgan. A. asos solgan ta’limotni uning izidan borgan ilohiyotchilar (xususan Abu Homid al-G‘azoliy) yanada takomillashtirganlar. Kalom 12—13-asrlarga kelib barcha sun-niylar o‘rtasida e’tirof etilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |