Ashxobod 25, ASH-25 – ingichka tolali gʻoʻza navi. Turkmaniston ingichka tolali gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot institutining Ashxobod boʻlimida chiqarilgan (D. B. Boboyev, V. S. Bulax, 1974). Turkmaniston va Oʻzbekistonda rayonlashtirilgan (1977). Tupi pishiq, yotib qolmaydi, balandligi 70–90 sm. Hosil shoxlari 2-tipli. Qulay sharoitlarda tanada va meva shoxlarida qoʻshimcha koʻsaklar hosil qiladi. Barglari oʻrtacha, 3–5 boʻlmali. Gullari limonsimon-sariq, qizgʻish doglari bor. Koʻsagi kichikroq, deyarli 3 pallali. Bir dona koʻsakdagi paxta vazni 3,0–3,5 g. Tolasi sargʻimtir. Vegetatsiya davri 140–145 kun. Fuzarioz viltga va qora ildiz chi-rish kasalligiga oʻta chidamli. 34,4% tola beradi, tolasining shtapel massa-uz. 40–41 mm, uzilish kuchi 4,9 gk, nis-biy uzilish kuchi 39 gk/teks, chiziqli zichligi 125 mteks.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Ashxobod 25" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil