Ashersoniya
Ashersoniya (Ashersonia) – Takomillashmagan zamburugʻlar avlodi; oqqanotlar oilasiga mansub zararkunanda hasharotlarning tabiiy kushandasi. Zararkunanda hasharotlarning 1 – 3 yoshdagi lichinkalarini shikastlaydi. Ashersoniyaning oqqanotlarga qarshi qoʻllaniladigan juda koʻp formalari mavjud (Vyetnam qizil va sariq Ashersoniyasi, kuba zargʻaldoq va qizil Ashersoniyasi, Yaponiya, Hindiston Axi va boshqalar).
Ashersoniyani shiradorligi 10–11 % agar suyuqligida tayyorlangan ozuqali muhitda koʻpaytiriladi. Purkash uchun konsentratsiyasi 1 millilitrda 2–5107 boʻlgan zamburugʻ sporali suspenziyasi ishlatiladi. 1 ga maydonga 2–6 l sporali suspenziya sarflanadi. Purkash ertalab yoki kechqurun lichinkalarning tuxumdan chiqish paytida amalga oshiriladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |