Ashiko
Ashiko — Gʻarbiy Afrikaning kesik konusli doʻmbira, barabanidir. Ashiko qoʻllar bilan chalinadi.
Paydo boʻlishi
tahrirGʻarbiy Afrika, tahminan Nigeriya ashikoning vatani hisoblanadi. Birinchi boʻlib yoruba xalqida paydo boʻlgan. Cholgʻu asbobi nomi oʻzbek tiliga „erkinlik“ deb tarjima qilinadi[1][2]. Ashiko davolash, bagʻishlash marosimlari, harbiy tadbirlar, arvohlar bilan muloqot qilish, uzoq masofalarga ishoralar berish va b. maqsadida qollanilgansignallarni uzatish va boshqalarda qoʻllangan.
Ashiko shaklidagi doʻmbiralar Kubada boku deb ataladi va karnavallar va komparsa deb ataluvchi koʻcha sayllarida ishlatiladi.
Tuzilishi
tahrirDoʻmbira tanasi kesik konus shaklida boʻlib, uning keng asosiga charm tortilgan. Pastki qismi esa ochiq boʻladi. Odatda qattiq yogʻoch gʻoʻlasidan yasaladi. Lekin, zamonaviy ashikolar (boshqa koʻplab shunday cholgʻular singari) toʻqilgan tolalardan yasalgan. Membrana sifatida echki yoki antilopa terisi, ayrim hollardagina qoramol terisidan foydalaniladi. Membrananing tortilganlik darajasi arqonlar va halqalar tizimi bilan boshqariladi. Zamonaviy ashikolarda plastik membranalar qoʻlllanilishi mumkin. Balandligi yarim metrdan bir metrgacha boʻlgan ashikolar ham bor.
Chalish texnikasi
tahrirJembe cholgʻu asbobidan farqli oʻlaroq, ashikaning konussimonligi faqat uchta asosiy ohang chiqarish imkonini beradi. Uning ovozi zarbaning membrana cheti (yoki markaziga) qanchalik yaqin boʻlganiga bogʻliq. Ashiko anʼanaviy musiqada deyarli hech qachon jembega hamroh boʻlmaydi. Chunki bu ikkisi butunlay boshqacha doʻmbiralardir. Ashiko „erkak“ doʻmbira, jembe esa „ayol“ doʻmbira ham deyiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ там же
- ↑ все источники лишь предполагают, см. здесь (Wayback Machine saytida 2008-06-19 sanasida arxivlangan)
Havolalar
tahrir- Ashikoning kelib chiqishi versiyalari(Inglizcha) )
- oʻzing qil ashiko(Inglizcha) )