Ashot Sarkisov

Rus olimi (1924–2022)

Ashot Arakelovich Sarkisov (1924-yil 30-yanvar – 2022-yil 17-oktyabr) – sovet va rus olimi, harbiy arbobi. Rossiya fanlar akademiyasining akademigi (1994-yil), vitse-admiral (1978-yil), „Global energiya“ xalqaro energetika mukofoti laureati (2014-yil), fan va texnologiya sohasidagi Rossiya hukumati mukofoti laureati (2013-yil). Akademik A. P. Aleksandrov nomidagi Rossiya fanlar akademiyasi oltin medali bilan taqdirlangan (2007-yil). Dengiz akademiyasining faxriy professori (Sankt-Peterburg), Dengiz muhandislik institutining faxriy professori (Sankt-Peterburg).

Ashot Sarkisov
Tavalludi 1924-yil 30-yanvar
Toshkent shahri
Vafoti 2022-yil 17-oktyabr
Moskva
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Taʼlimi Feliks Dzerjinskiy nomidagi oliy dengiz muhandislik maktabi, Leningrad davlat universiteti
Mukofotlari Global energiya mukofoti (2014)

Hayoti

tahrir

Ashot Sarkisov 1924-yili 30-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. Uning otasi – arman Arakel Ovanesovich Sarkisov (1881–1959). Onasi – rossiyalik Yevgeniya Bogdanovna (1896–1987[1]).

Faoliyati

tahrir

Ashot Sarkisov 1941-yilda Feliks Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik maktabiga oʻqishga kirgan. Soʻng, urush yillarida armiyada xizmat qilib, 1945-yilda oʻqishini davom ettiradi. 1948-yildan Leningrad davlat universitetida tahsil olgan.

1950-yildan 1954-yilgacha Boltiq floti kemalarida torpedo qayiqlari brigadasining flagman mexanik muhandisi sifatida xizmat qilgan. 1954-yilda F. E. Dzerjinskiy nomidagi Oliy dengiz muhandislik bilim yurti aspiranturasiga oʻqishga kirib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2-darajali kapitan unvoni bilan Sevastopol oliy dengiz muhandislik maktabiga (SODMM) oʻqituvchi etib tayinlanib, u yerda jami 27 yil xizmat qilgan. „Kema atom elektr stansiyalari“ kursi boʻyicha maʼruzalar oʻqigan. 1959-yilda harbiy taʼlim muassasalari tizimidagi yadro reaktorlari va suv osti bugʻ generatorlari birinchi boʻlimi boshligʻi etib tayinlanadi.

1968-yilda texnologiya fanlari doktori unvonini olgan.

1983-yilda A. A. Grechko nomidagi Harbiy dengiz akademiyasining (Leningrad) ilmiy ishlar boʻyicha boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlangan.

1985-yilda Harbiy dengiz floti Ilmiy-texnik qoʻmitasi raisi boʻlgan. 1989-yilda dengiz flotidan vitse-admiral sifatida isteʼfoga chiqqan[2][3][4][5][6].

1994-yildan beri Rossiya Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi boʻlib, 2007-yilda Aleksandrov oltin medalini oladi.

Ashot Sarkisov 2022-yil 17-oktyabrda vafot etgan[7]. 2022-yil 20-oktyabrda Moskvadagi Troekurovskiy qabristoniga dafn etilgan[8].

Manbalar

tahrir
  1. „ru:САРКИСОВ Ашот Аракелович“ (ru). Biograph-Soldat. Qaraldi: 2017-yil 1-dekabr.
  2. „Sarkisov Ashot Arakelovich“. Russian Academy of Sciences. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
  3. „Ashot Arakelovich Sarkisov (Russia)“. Global Energy Prize. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
  4. „Sarkisov Ashot A.“ (Russian). Nuclear Safety Institute of the Russian Academy of Sciences. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
  5. „Academician Ashot A. Sarkisov was awarded the "Global Energy" Prize“. Nuclear Safety Institute of the Russian Academy of Sciences (2014-yil 27-mart). Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr.
  6. Future of the Nuclear Security Environment in 2015: Proceedings of a Russian-U.S. Workshop. National Academies Press, 2009 — 269-bet. ISBN 9780309177320. Qaraldi: 2016-yil 29-dekabr. 
  7. „Официальный сайт РАН“. 2022-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  8. 20 oktyabrya na Troekurovskom kladbiщe goroda Moskvi bil poxoronen vitse-admiral Ashot Arakelovich SARKISOV