Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi

(Ashrafiy uy-muzeyidan yoʻnaltirildi)

41°18′52″N 69°17′25″E / 41.31444°N 69.29028°E / 41.31444; 69.29028

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi
Mukhtar Ashrafi museum.JPG
Asos solingan sana 1982-yil
Joylashuvi Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Map
Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi xaritada

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi — Toshkentdagi oʻzbek bastakori va dirijyori, SSSR xalq artisti Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan muzey[1].

Tarixi

tahrir

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi, 1982-yili bastakorning Toshkent shahrida 1965-yildan 1975-yilgacha yashab ijod qilgan xonadonida tashkil etilgan[2].

Memorial muzeyi o‘zbek kompozitori va dirijyori, Toshkent Davlat Konservatoriyasi professori, xalq artisti, davlat va xalqaro mukofotlar sovrindori, jamoat arbobi va maʼrifatparvar Muxtor Ashrafiyning (1912 — 1975) hayot va ijod yo‘li bilan tanishtiradi. Muzey kompozitor yashab ijod qilgan Toshkentdagi xonadonda 1976-yili tashkil etilgan. Muzey ko‘rgazmasining ochilish marosimi 1982-yil 11-iyunda bo‘lib o‘tgan. Muzey fondi asosini kompozitorning oilasi, hamkasblari va shogirdlari taqdim etgan 16 mingdan ortiq eksponatlardan iborat kompozitorlik va dirijyorlikka oid keng arxividan iborat. Arxiv hujjatlari nafaqat kompozitorning hayot va ijod yo‘li, balki respublikaning musiqa sanʼati taraqqiyoti haqida ham hikoya qiladi.

Mehmonlar ekskursiyalar davomida Muxtor Ashrafiyning respublika madaniyatining turli sohalaridagi faoliyatining aks ettiruvchi fotosuratlar, afishalar, dasturlar, xatlar va yodgorliklar bilan tanishadilar. Konsert zalida madaniyat va sanʼat arboblari bilan ko‘plab ijodiy uchrashuvlar, yubiley va xotira kechalari, badiiy ko‘rgazmalar va konsertlar o‘tkazib kelinadi. Memorialning birinchi zalida Muxtor Ashrafiyning 1912-yildan 1945-yilgacha bo‘lgan dastlabki hayot faoliyatini hikoya qiluvchi turli eksponatlar joy olgan. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan oilaviy ashyolari: 200-yil avval buxorolik ustalar yasagan dutor va tanbur, o‘zbek cholgʻu asboblari va kompozitorning bolaligi o‘tgan Buxoro shahridagi uy maketi joy olgan.

Ko‘pgina teatr afishalari, konsert dasturlari va fotosuratlarda Muxtor Ashrafiyning bu davrdagi ijodiy ishlari ko‘rsatib oʻtilgan. Zalning asosiy eksponati Birinchi qahramonlik simfoniyasini yozgani uchun O‘zbekiston SSR hukumati tomonidan berilgan sovgʻa hisoblanadi (1942-yil).

Ekspozitsiyasi

tahrir

Muzey ekspozitsiyasida milliy opera asoschisining fotosuratlari, hujjatlari, qo‘lyozmalari, plakatlar, spektakl dasturlari, shuningdek, dirijyorning shaxsiy arxivi o‘rin olgan. Bundan tashqari bastakorning bolaligi oʻtgan uyning dioramasi ham mavjud.

Muzey beshta xonadan iborat. Birinchi zalda uning bolalik yillari, uchtasida esa hayot davrlari bo‘yicha asarlari ko‘rsatilgan, beshinchi zal Ashrafiyning ijtimoiy-pedagogik faoliyatiga bag‘ishlangan[3][4]. Muzey xonalaridan biri buyuk bastakor va rejissyorning ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Bu yerda uning „Rustam afsonasi“, „Muhabbat tumori“, „Temur Malik“ va boshqa koʻplab asarlari toʻplangan[5].

Zal qismi konsertlari, koʻrgazmalar va musiqa saloni uchun ajratilgan[6].

Manbalar

tahrir
  1. „Дом-музей Мухтара Ашрафи: Информация об интереснейших музеях Ташкента“. OrexCA. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  2. [www.rutraveller.ru/place/39828 „Дом-музей Мухтара Ашрафи“]. Rutraveller. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  3. „Музей Мухтара Ашрафи“. Gigal.Uz. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  4. „Мир Мухтара Ашрафи, к столетию со дня рождения“. Письма о Ташкенте. Qaraldi: 2015-yil 14-fevral.
  5. „Дом — музей Мухтара Ашрафи — Orient Mice — Tour Operator to Uzbekistan & Central Asia“ (ru-RU). 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.
  6. „Дом — музей Мухтара Ашрафи — Orient Mice — Tour Operator to Uzbekistan & Central Asia“ (ru-RU). 2019-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.