Ashurali mehtar (famili-yasi Yusupov) (1893.11.7, Andijon– 1980.1.5, Toshkent) – oʻzbek xalq sozan-dasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1944). Xalq dorbozlari va qoʻgʻirchoqbozlarning hamkori, mehtarlik san’ati an’analarining bilimdoni sur-nay, karnay, nogʻora yoʻllarining ustasi. Ash. M. "Hujum", "Oʻrtoqlar", "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" asarlariga musiqa bastalashda T. Jalilov, M. Tillayevlarga hamkorlik qilgan. U. Ismoilovning "Rustam" dramasiga musiqa bastalagan. Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatri so-zandasi (1940–65). San’atshunoslik ilmiy tadqiqot institutida Ash. M. ijro etgan oʻzbek an’anaviy musiqasi nodir yozuvlari saqlanmoqda.Ash. M. ijrosidagi Buzruk (savtlari bilan), Dugoh (ufor va savtlari bilan), Iroq (mushkiloti ufor, duchavalari bilan), Nasr (talqini bilan), Yalang davron (ufori bilan), Mustahzod (uforlari bilan), Navo (sav-ti, mushkiloti, charxlari bilan) kabi 40 dan ortiq mumtoz kuy Yu. Rajabiyning "Oʻzbek xalq musiqasi" toʻplamidan oʻrin olgan. U "Dorbozlar" va boshqa filmlarda xalq sozandasi sifatida qatnashgan.Ad.: Olimboyeva K.. Ahmedov M., Oʻzbekiston xalq sozandalari, T., 1959.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil